locale OZ

Ibrohim No‘monov «Buxoro»ni tark etdi

U o‘tgan mavsumda 22 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ibrohim No‘monov «Buxoro»ni tark etdi
Фото: Бухоро ПФК

“Buxoro” klubi tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Sports24.uz manbasiga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Ibrohim No‘monov ham klubni tark etgan.

Futbolchi o‘tgan mavsumning 2-davrasida buxoroliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Bu klub safida 11 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Birinchi davrani “Mash’al”da o‘tkazgan va keyinchalik muborakliklarni tark etgandi.

No‘monov faoliyati davomida “Qo‘qon-1912”da ham o‘ynagan. Qolgan yillarining ko‘pini “Mash’al”da o‘tkazgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting