locale OZ

Ibrohim Maza \"Bayer\"ning yozgi ilk yangi futbolchisiga aylandi — shartnoma 2030 yilgacha

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ibrohim Maza "Bayer"ning yozgi ilk yangi futbolchisiga aylandi — shartnoma 2030 yilgacha
Ibrohim Maza "Bayer"ning yozgi ilk yangi futbolchisiga aylandi — shartnoma 2030 yilgacha

Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Ibrohim Maza rasman Leverkuzenning "Bayer" klubi a'zosiga aylandi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Maza Germaniyaning 2-bundesligasida "Gerta" safida 32 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. OAV xabariga ko'ra, transfer qiymati taxminan 12 million yevroni tashkil qilgan. Qishda u "Milan" va "Portu" takliflarini rad etib, Germaniyada qolishni afzal ko'rgan.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso boshchiligidagi "Bayer" Germaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi va joriy mavsumda ham peshqadamlar safidan joy olgan — jamoa 31 turdan so'ng 67 ochko to'plagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting