Ibrohim Hassan: «Saloh MLSga o‘tsa, Messi kabi unutilib ketadi»
Misr terma jamoasi direktori Ibrohim Hassan hujumchi Muhammad Salohga «Liverpul»ni tark etganidan so‘ng AQSHning MLS ligasiga o‘tmaslikni maslahat bermoqda.
«Men Salohning Yevropada qolishini istardim. Unga «Pari Sen-Jermen», «Bavariya» va A Seriyaning bir qator klublari qiziqish bildirayotgani haqida eshitdim.
MLSga o‘tish? Muhammad omma e’tiboridan juda uzoqlashib ketadi. Bunday holda, siz Salohni xuddi men hozir Messini eslaganimdan yaxshiroq eslay olmaysiz — men hatto uning o‘yinlarini kuzatishga ham harakat qilmayapman.
Agar Salohda Yevropadan takliflar bo‘lmasa, u holda Saudiya Arabistoniga o‘tish yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ushbu ligada Krishtianu Ronaldu kabi mashhur nomlar borligini hisobga olsa», — deydi Hassan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saloh joriy mavsum ingliz klubidagi so‘nggi yili bo‘lishini e’lon qilgan edi. Misrlik vinger 2017 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Saloh Angliya chempionatida jami 310 ta o‘yin o‘tkazib, 189 ta gol urdi va 92 ta golli uzatmani amalga oshirdi.