locale OZ

Ibraima Konate Lamin Yamalning gaplariga javob qaytardi: \"O‘yin tugagach, kimga yaxshi bo‘lganini ko‘ramiz\"

Fransiya va Ispaniya 14-iyul kuni oʻzaro toʻqnash keladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Ibraima Konate Lamin Yamalning gaplariga javob qaytardi: "O‘yin tugagach, kimga yaxshi bo‘lganini ko‘ramiz"
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Ibraima Konate ispaniyalik vinger Lamin Yamalning "Fransiya aynan Ispaniyadan qo‘rqishi kerak" degan mazmundagi bayonotiga munosabat bildirdi. 27 yoshli fransiyalik futbolchi barcha savollarga maydonda javob berilishiga shama qildi. Jamoalar 14-iyul kuni Jahon chempionati yarim finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

— "U xohlagan gapini gapirishi mumkin, biz esa o‘yinga imkon qadar eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz. O‘yin yakunlangach esa, yakun kim uchun ijobiy bo‘lganini ko‘rib olamiz", — deya Konatening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Footmercato nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yili Qatarda o‘tgan turnir finalida Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida (3:3, pen. 4:2) mag‘lub etishgan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting