locale OZ

Ibragimovich va Allegri o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan – manba

Tare aralashib, ularni jismonan ajratib qo‘yishiga to‘g‘ri kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ibragimovich va Allegri o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan – manba
ФОТО: Getty images

“Milan” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan Massimiliano Allegri va jamoaning hozirgi maslahatchisi Zlatan Ibragimovich o‘rtasidagi munosabatlar murabbiy ketishidan oldin keskin nuqtaga yetgan.

Oglobo Corriere della Sera xabariga ko‘ra, restorandagi janjal paytida deyarli mushtlashuv bilan yakunlanishiga oz qolgan.

Manbaga ko‘ra, voqea “Milan” bosh direktori Jorjo Furlani va klub sport direktori Igli Tare ishtirokida sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, aynan Tare aralashib, ularni jismonan ajratib qo‘yishiga to‘g‘ri kelgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi oylarda Ibragimovich va Allegri o‘rtasidagi munosabatlar taktik sxemalar borasidagi kelishmovchiliklar tufayli keskinlashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting