locale OZ

Ibanez «Aston Villa»ga o‘tishdan bosh tortdi

Bu haqda insayder Sasha Tavolieri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ibanez «Aston Villa»ga o‘tishdan bosh tortdi
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” “Al-Ahli” himoyachisi Rožer Ibanezni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi. Bu haqda insayder Sasha Tavolieri xabar berdi.

Biroq braziliyalik himoyachi Angliya klubiga o‘tishni rad etdi. Ibanez “Al-Ahli” bilan shartnomasini qayta tuzish va maoshini oshirishga qaror qildi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.

Rožer Ibanez “Al-Ahli” safida jami 124 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda himoyachi 14 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting