locale OZ

Ibanez «Al-Ahli» bilan shartnomasini uzaytiradi

Braziliyalik himoyachi 2023 yilda “Al-Ahli” safiga qo‘shilgan.
Ibanez «Al-Ahli» bilan shartnomasini uzaytiradi
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Roje Ibanez Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi mehnat shartnomasining asosiy shartlarini kelishib olishgan. Yangi bitim 2030 yil yozigacha amal qilishi kutilmoqda.

Roje Ibanez Braziliya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kattalar futbolida “Fluminense”, “Atalanta”, “Roma” va boshqa klublarda to‘p tepgan.

Braziliyalik himoyachi 2023 yilda “Al-Ahli” safiga qo‘shilgan. Shundan buyon u jamoa tarkibida barcha turnirlarda 124 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ibanezning ayni paytdagi transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting