locale OZ

Ian Rayt: «Arsenal» soʻnggi daqiqalarda asabiylik va xavotirga yoʻl qoʻymoqda»

«Kanonirlar»ning sobiq futbolchisi jamoaning hozirgi asosiy muammosi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ian Rayt: «Arsenal» soʻnggi daqiqalarda asabiylik va xavotirga yoʻl qoʻymoqda»
FOTO: Getty Images

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Ian Rayt Angliya Premyer-ligasining 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi bahsdan (2:1) so‘ng jamoaning joriy mavsumdagi asosiy muammosini tilga oldi.

«Chelsi» maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin ham yaxshi o‘yin namoyish eta boshladi. Bu xavotirli holat. «Arsenal» o‘yinlarning so‘nggi pallalarida asabiylik va xavotirga yo‘l qo‘ymoqda. O‘zlarini erkin his qilishlari uchun imkoniyatlardan ertaroq foydalanishlari lozim.

Endi ularga shunchaki g‘alaba kerak, ayniqsa uy uchrashuvlarida. Bu ularga ulkan ishonch taqdim etmasligi mumkin, biroq baribir g‘alaba hisoblanadi.

Ikkinchi bo‘limlarda ko‘rayotganimizdek, raqiblar «Arsenal»ga qarshi bahslarda muvaffaqiyatga erisha olishmoqda», — deya Raytning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Ma’lumot o‘rnida, «Arsenal» 64 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi turda «kanonirlar» 4 mart kuni safarda «Brayton» mehmoni bo‘lishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting