locale OZ

Husniddin Nishonov Belarus chempioni bilan xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husniddin Nishonov Belarus chempioni bilan xayrlashdi
Photo: O‘zbekiston futzali

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Husniddin Nishonov 2025-yilgi mavsumni Belarusning “Viten” jamoasi tarkibida o‘tkazdi va mamlakat chempioniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

2024/2025-yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan “Viten” tarkibiga qo‘shilgan Husniddin 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi.

Pley-off bosqichida futzalchining omadi kelmadi. Oyog‘idan olgan jarohati sababli u jamoa qarorgohini tark etdi va davolanishni davom ettirish uchun O‘zbekistonga qaytib keldi. Husniddin tiklanish jarayonini O‘zbekiston futzal federatsiyasi tibbiyot departamenti markazida o‘tkazadi.

O‘tgan dam olish kuni Husniddin Nishonov jamoasi – “Viten” pley-off bosqichi finalida “Stolitsa” jamoasini beshta uchrashuv natijasiga ko‘ra (4:5, 3:2, 1:2, 5:2, 8:1) mag‘lubiyatga uchratib, oltinchi marta Belarus chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Bronza medali esa “Minsk” jamoasiga nasib etdi.

Chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan Husniddin Nishonov esa shartnoma muddati yakunlangani sababli “Viten” futzal klubi bilan xayrlashdi", — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting