locale OZ

Husniddin Aliqulov jarohat sababli JCHda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi

Klub shifokorlarining xabar berishicha, futbolchi yaqin 6-9 oy maydonga tusha olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husniddin Aliqulov jarohat sababli JCHda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning "Chaykur Rizespor" klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov Turkiya Superligasining "Göztepe"ga qarshi o‘yinida tizzasidan og‘ir jarohat oldi.

Klub shifokorlarining xabar berishicha, futbolchi yaqin 6-9 oy maydonga tusha olmaydi va katta ehtimol bilan 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Tez orada himoyachi operatsiya qilinishi kerak, shundan so‘ng tiklanish taxminan 6 oydan 9 oygacha davom etadi. Shu sababli Husniddin Aliqulovning mavsumning qolgan o‘yinlarida maydonga tushishi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi katta so‘roq ostida qolmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting