Husanovning «Liverpul»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Abduqodir Husanov 61 daqiqa maydonda harakat qildi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi 25-turi doirasida “Liverpul” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda mehmonlar – “Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 61 daqiqa maydonda harakat qildi.
Bir bo‘limdan sal ko‘proq harakat qilgan himoyachining o‘yini SofaScore portali tomonidan 6,5 ballga baholandi.
Shu tariqa, “Manchester Siti” chempionatdagi ochkolarini 50 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonning “Arsenal” jamoasi esa 56 ochko bilan peshqadmlikni saqlab qolmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist