Husanovning birinchi murabbiyi: “Abduqodirni hech kim “Bunyodkor”dan haydamagan”
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh 24-may kuni Toshkentda boshlanadigan “CAFA U-17 Championship 2025” turniri ishtirok etadi.
Mazkur musobaqa oldidan Sports24.uz sayti jamoa bosh murabbiyi Sergey Chigodayev bilan intervyu tashkillashtirdi. Mutaxassis suhbat chog'ida Abduqodir Husanov nima sababdan “Bunyodkor” akademiyasini tark etgani haqida aytib o'tdi.
“Abduqodirni hech kim akademiyadan haydamagan. U U-18 jamoasida, ba'zan esa U-21 jamoasida o'ynagan. Ehtimol, u kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgani uchun otasi uni Belarusga olib ketishga qaror qilgandir.
Abduqodirning tezligi yoshligidan ancha yaxshi edi. Agar yosh futbolchining tezligi yaxshi bo'lsa, bu uning kelajagi borligini anglatadi”, - deydi Chigodayev.
Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov o'tgan qishki transferlar vaqtida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti” safiga o'tdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi ayni dam 35 million yevroga baholanmoqda.