Husanovni ijaraga olmoqchi bo'lgan klub Liga 1'dan chetlatildi
Futbol
25 iyn 2025
da
09:20

Nasrullo Karimov
Журналист

FOTO: Getty Images
Fransiyaning “Lion” klubi moliyaviy hisobotlarni buzgani uchun Liga 1'dan chetlatildi va ichki chempionatning ikkinchi divizioniga o'tkazildi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, qaror Milliy ma'muriyat nazorat departamenti yig'ilishidan so'ng qabul qilingan. Qayd etilishicha, “Lion”da apellyatsiya berish huquqi bor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Lion” Abduqodir Husanovni ijaraga olish maqsadida “Manchester Siti” rahbariyati bilan bog'langan edi, biroq “shaharliklar” bunga rad javobini berdi.
Ma'lumot uchun, “Lion” o'tgan mavsum Liga 1'da 57 ta ochko jamg'arib, 6-o'rinni egalladi. Klub keyingi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadi.
Mashhur yangiliklar

Futbol
Kecha da 17:12

Futbol
Kecha da 14:05

Futbol
Kecha da 11:42
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting