locale OZ

Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Siti» «Nyukasl»ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

Final bahsi 22 mart sanasiga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Siti» «Nyukasl»ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi
Фото: Getty Images

“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.

“Shaharliklar” safida Omar Marmush 7 va 29-daqiqalarda, Tidjani Reynders esa 32-daqiqada gol urdi. “Nyukasl” tarkibida Antoni Elanga 62-daqiqada hisobni qisqartirdi. Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda “Manchester Siti” safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Finalda “Manchester Siti” “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi. Kubok uchun bahs 22 mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi.

Angliya Liga kubogi. Yarim final
Manchester Siti – Nyukasl 3:1
Gollar: Marmush 7, 29, Reynders 32 – Elanga 62

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting