locale OZ

Husanov «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda Sofascore tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi

Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husanov «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda Sofascore tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Nyukasl” — “Manchester Siti” uchrashuvida (0:2) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Husanov o‘yin davomida 76 marta to‘pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 62 marta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 58 tasi aniq manzilga yetib bordi — 94 foiz aniqlik.

U 26 marta uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi. Ulardan 25 tasi aniq bo‘ldi — 96 foiz. O‘zbekistonlik himoyachi Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va 8,1 ball bilan baholandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting