locale OZ

Husanov nega «City»da doimiy o‘ynamayapti — shartnomadagi punkt sababchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Abduqodir Husanovning «Manchester City» tarkibida uzoq vaqtdan beri maydonga tushmayotganining O‘zbekistonda noodatiy sababi oshkor qilindi.

Manbalarga ko‘ra, o‘zbek himoyachisi qishki transfer oynasida o‘tgan Fransiyaning «Lens» klubi bilan «City» o‘rtasidagi shartnomada maxsus band mavjud. Unga ko‘ra, agar Husanov bir mavsumda 10 tadan ortiq o‘yinda maydonga tushsa, inglizlar «Lens»ga qo‘shimcha tarzda 5 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish maqsadida «Manchester City» klubi uning ishtirokini 9 ta o‘yin bilan cheklagan. Shunga qaramasdan, Husanov bu o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oldi — bir gol urgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting