Husanov Gvardiola qurboniga aylandi: Nega Abduqodir o‘ynamayapti?
Abduqodir Husanov "Manchester City" safidagi ilk o‘yinlarida juda yaxshi taassurot qoldirdi. U "Liverpool", "Real Madrid" va "Tottenham"ga qarshi bellashuvlarda ishonchli harakat qilib, muxlislar va mutaxassislarning e’tiborini qozondi. Ammo keyinchalik himoyachi asosiy tarkibdan chiqib ketdi.
Angliya Kubogida "Bournemouth"ga qarshi uchrashuvda ham u ishonchli o‘yin namoyish etdi. Shundan so‘ng, markaziy himoyaga Yosko Gvardiol o‘tkazildi va u Ruben Diasning doimiy sherigiga aylandi. Shu bilan birga, Husanov zaxirada qolib ketdi.
Britaniyalik jurnalist Jek Gogan ta’kidlashicha, Husanov "sharoitlar qurboni" bo‘lgan:
«U kutilganidan ancha yaxshiroq o‘ynadi. Biroq mavsumning hal qiluvchi pallasi Pep Gvardiola tajribali futbolchini tanladi».
Yana bir muhim omil — moslashuv jarayoni. Har qancha yaxshi o‘yinlar namoyish etganiga qaramay, Husanov Angliyadagi hayotga moslashishni davom ettirmoqda. U klub o‘qituvchisi va O‘zbekistondan jalb qilingan xususiy repetitor yordamida ingliz tilini faol o‘rganmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu uning jamoada o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun muhim qadam hisoblanadi.