locale OZ

Husanov eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingiga kirdi

Futbolchining bir yillik umumiy daromadi 6,2 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husanov eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingiga kirdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH–2026 ishtirokchisi bo‘lgan 48 davlat futbolchilari orasida eng yuqori daromad topuvchi o‘yinchilar reytingiga kiritildi. Bu haqda Forbes Sport nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Husanov mazkur reytingdan joy olgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, futbolchining bir yillik umumiy daromadi 6,2 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Shundan 5 million dollar maosh va futbol faoliyatidan tushadigan daromad hissasiga to‘g‘ri kelsa, yana 1,2 million dollar reklama shartnomalari, tijorat loyihalari hamda boshqa manbalardan kelib tushadi.

Reytingning birinchi pog‘onasini bir yillik 280 million dollar daromad bilan Krishtianu Ronaldu egalladi. Ikkinchi o‘rindan 130 million dollar bilan Lionel Messi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 95 million dollar daromadga ega Kilian Mbappe yakunlab bergan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting