locale OZ

Husanov da’vogarlik qilgan sovrinni Niko Orayli qo‘lga kiritdi

Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husanov da’vogarlik qilgan sovrinni Niko Orayli qo‘lga kiritdi
Фото: Manchester City

Angliyaning «Manchester Siti» klubida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb akademiya tarbiyalanuvchisi Niko Orayli topildi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham mazkur e’tirof uchun asosiy da’vogarlar qatorida edi.

21 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosi aprel oyida Premyer-liga hamda Angliya kubogi doirasidagi barcha 5 ta o‘yinda Pep Gvardiola jamoasining g‘alaba qozonishiga sezilarli hissa qo‘shgan. Xususan, «Chelsi»ga qarshi safardagi uchrashuvda (3:0) hisobni ochuvchi muhim golga mualliflik qilgan.

Aprel oyi yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rovnomada Orayli jamoadoshlari Abduqodir Husanov va Bernardu Silvadan ko‘proq ovoz to‘plashga erishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting