locale OZ

Husanov bormi? Zamonaviy futbolning eng kuchli markaziy himoyachilari aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husanov bormi? Zamonaviy futbolning eng kuchli markaziy himoyachilari aniqlandi
FOTO: Getty Images

Nufuzli FourFourTwo nashri zamonamizning eng kuchli markaziy himoyachilari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko'ra, birinchi o'rin “Liverpul”ning gollandiyalik futbolchisi Virjil van Deykka nasib etdi.

Shuningdek, top-10 likdan Uilyam Saliba (“Arsenal”), Alessandro Bastoni (“Inter”), Gabriel Magalyaesh (“Arsenal”), Ibrahima Konate (“Liverpul”), Antonio Ryudiger (“Real”), Markinyos (PSJ), Pau Kubarsi (“Barselona”), Din Xeysen (“Real”) va Ruben Diash (“Manchester Siti”) o'rin olgan.

Afsuski, ushbu ro'yxatga O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, van Deyk o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 23 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting