locale OZ

Humoyunmirzo Iminov: «Bobur arena»da O'zbekistonni eng yaxshi muxlislari qarshisida o'ynash maroqli va yoqimli»

Klub matbuot xizmati esa Iminovdan ertangi o'yin oldidan bir qator savollarga javob oldi.
Humoyunmirzo Iminov: «Bobur arena»da O'zbekistonni eng yaxshi muxlislari qarshisida o'ynash maroqli va yoqimli»
Фото: Андижон ПФК

Ertaga “Andijon” jamoamiz “Bobur arena”da “Xorazm”ni qabul qiladi. Futbolchilarimizning barcha e'tibori tabiiyki, bo'lajak uchrashuvga qaratilgan.

Yodingizda bo'lsa, birinchi davradagi bahsda “Burgutlar” 0:3 hisobida g'alaba qozongan va gollardan biriga Humoyunmirzo Iminov mualliflik qilgan. U o'tgan yili aynan urganchliklar safida to'p tepgan. Hozirda ushbu yarim himoyachi “Andijon” safida o'ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilmoqda.

Klub matbuot xizmati esa Iminovdan ertangi o'yin oldidan bir qator savollarga javob oldi.

- Humoyunmirzo, “Andijon”ning navbatdagi raqibi "Xorazm" bo'lib, bu sizning sobiq jamoangiz sanaladi. Xo'sh, bo'lajak bahsdan nima kutyapsiz va tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Assalomu alaykum. “Xorazm” juda yaxshi jamoa va u yerda iliq xotiralar qolgan. Ertangi bahsga tayyorgarlik a'lo darajada bo'lmoqda. Biz har bir o'yinda maydonga g'alaba qilish uchun chiqamiz. Ertaga Xudo xohlasa g'alaba qozonib, “Andijon” muxlislari oldida yuzimiz yorug' bo'lishini istayman.

- Birinchi davrada Urganchdagi o'yinda jamoamiz 3:0 hisobida g'alaba qozongan va gollardan biriga siz mualliflik qilgansiz. Andijondagi o'yinda ham yana sobiq jamoangiz darvozasiga gol urish niyatingiz bormi?

- Ha, birinchi davrada gol urgandim. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada ham shuni takrorlashga harakat qilaman. Muhimi, jamoamiz 3 ochkoni qo'lga kiritishi.

- Raqibdan kelib chiqib, o'yinda asosiy e'tibor nimaga qaratilishi kerak, deb hisoblaysiz?

- “Xorazm” aytib o'tganimdek, yaxshi jamoa. Lekin biz raqibimizga qarab emas, o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak, deb o'ylayman. Har bir jamoani o'z kuchli tarafi bor. Biz o'z o'yin taktikamizda yaxshi darajada o'ynab g'alaba qozonishimiz muhim.

- Siz uchun gol urish muhimmi yoki golli pas uzatishmi?

- Men uchun gol yoki pas...Jamoamga yordam berib, g'alaba qozonishimiz muhim.

- "Bobur arena"da to'p surish siz uchun nimani anglatadi?

- “Bobur arena”da O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislar bor. Ularni qarshisida o'ynash juda maroqli va yoqimli.

- 25 avgust kungi o'yinda muxlislarimizga nimani vada bera olasiz?

- Qo'limizdan kelganicha g'alaba uchun harakat qilamiz. Har turda biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa, 25 avgustda ham g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz. Ularni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting