\"Humo\" xokkey klubi muddatidan oldin finalga chiqa olmadi
26-mart kuni soat 18:30da Ust-Kamenogorskda Pro xokkey ligasining navbatdagi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Muzga Toshkentning "Humo" klubi va maydonnning sohiblari "Torpedo" klubi xokkeychilari tushishdi. O‘yindan oldin jamoalar o‘rtasidagi hisob "Humo" foydasiga 3:1 edi. Finalga chiqish uchun ularga faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozonish yetarli edi. O‘z navbatida, "Torpedo" yarim finalda qolish uchun hisobni tenglashtirishiga to‘g‘ri kelardi.
O‘tgan o‘yin 3:1 hisobida mezbon jamoa foydasiga yakunlandi. Shunday qilib, 30-mart kuni soat 17:00 da endi Toshkentda klublar o‘rtasidagi oltinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Seriyadagi umumiy hisob: 3:2 "Humo" foydasiga.
Boshqa yarim finalda "Arlan" o‘zining finalga chiqishini kafolatladi. Ular "Sariarka"ga qarshi to‘rtta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat (4:1) hisobini qayd etishdi.
Pro Xokkey Ligasi. 1/2 final
Humo - Torpedo - 1:3 (0:2, 0:1, 1:0)
Shaybalar:
0:1 - Yevgeniy Sulimov - 0:45
0:2 - Nikita Kolobov - 3:25
0:3 - Andrey Logunov - 20:30
1:3 - Vyacheslav Litovchenko - 53:24
Darvozabonlar:
Konstantin Kozlovskiy - Vladislav Pestov
Seriyadagi hisob: Humo - Torpedo - 3:2