locale OZ

Hududlarda futbolni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Muhokamalar yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hududlarda futbolni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi
Фото: ЎФА

O‘FA rahbariyati, viloyat futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari, futbol akademiyalari texnik direktorlar hamda soha uchun mas’ul mutasaddilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududlarda futbolni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilinib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Xususan, uchrashuvda bolalar va o‘smirlar futbolini yanada ommalashtirish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda murabbiylik ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy ta’limga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Terma jamoalar uchun iqtidorli futbolchilarni saralash, akademiyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda seleksiya jarayonlarini kuchaytirish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi. Shu bilan birga, raqamlash va yosh hakamlarni tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokamalar yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting