locale OZ

Hududiy futbol akademiyalari sport direktorlari «Krasnodar» futbol klubi akademiyasida boʻlib qaytdi

Yakunda ikki tomon oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hududiy futbol akademiyalari sport direktorlari «Krasnodar» futbol klubi akademiyasida boʻlib qaytdi
Фото: ЎФА

Avval xabar berganimizdek, 11–18-may kunlari hududiy futbol akademiyalari sport direktorlari Rossiyaning “Krasnodar” futbol akademiyasida boʻlib, akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hududiy futbol akademiyalari sport direktorlari mashgʻulot jarayonlari, seleksiya tizimi, analitika, jismoniy tayyorgarlik, tibbiyot va psixologiya boʻlimlari faoliyatini oʻrgandi. Shuningdek, akademiya mutaxassislari va murabbiylari bilan tajriba almashilib, bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Mutaxassislarimiz “Krasnodar” akademiyasining turli yosh toifalaridagi mashgʻulotlari hamda rasmiy uchrashuvlarini kuzatdi. Yakunda ikki tomon oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur safar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh futbolchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting