locale OZ

Hublot Mbappe bilan hamkorlikda cheklangan miqdordagi soatlar kolleksiyasini taqdim etdi — foto

Mazkur toʻplam fransiyalik hujumchining professional faoliyatidagi ilk goli kiritganiga 10 yil toʻlishi munosabati bilan chiqarilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hublot Mbappe bilan hamkorlikda cheklangan miqdordagi soatlar kolleksiyasini taqdim etdi — foto
FOTO: Getty Images

Shveytsariyaning Hublot brendi Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bilan hamkorlikda cheklangan miqdordagi soatlar kolleksiyasini taqdim etdi. Sotuvga jami 200 dona nusxa chiqariladi va ularning har birining narxi 29,4 ming yevroni tashkil etadi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, soat korpusi 18 karatli sayqallangan King Gold oltini hamda mikro-purkagichli ishlov berilgan oq keramikadan tayyorlangan.

Ta’kidlanishicha, mazkur kolleksiya Mbappening professional darajadagi ilk goli kiritilganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan chiqarilgan.

Joriy mavsumda hujumchi klub safida barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt statistik portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting