Hossam Hassan: «Ikkinchi golda himoyamiz achinarli tarzda harakat qildi»
Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan O‘zbekistonga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Individual xatolar O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lishimizga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda biz yaxshi harakat qilgan edik.
O‘rtoqlik o‘yinlari xatolardan xulosa chiqarish va ulardan to‘g‘ri saboq olishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, jamoangizda asosiy o‘yinchilar yo‘q bo‘lsa, bu yanada muhim. Biz 8 ta asosiy futbolchimizsiz harakat qildik. Biroq Marvan Usmon, Osama Faisal, Zalaka, Mahmud Saber kabi yangi nomlarni ham sinovdan o‘tkazib oldik.
O‘zbekiston — iqtidorli futbolchilarga ega kuchli jamoa. Aynan mana shu yigitlar milliy jamoani jahon chempionatiga olib chiqdi. Biroq biz shunday raqibga qarshi ilk golda e’tiborsizlik qildik va ikkinchi golda himoyamiz achinarli tarzda harakat qildi”, — dedi 59 yoshli mutaxassis.