locale OZ

Hoselu «Al-Sayliya»ga o‘tishga yaqin — manba

Avvalroq Hoselu Qatarda — «Al-G‘arafa» klubida ham to‘p surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hoselu «Al-Sayliya»ga o‘tishga yaqin — manba
Фото: Getty Images

Ispaniyalik hujumchi Hoselu yaqin vaqt ichida Yevropaga qaytmaydigan ko‘rinadi.

36 yoshli futbolchi Qatarning «Al-Sayliya» klubi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto.

Hujumchiga Ispaniya va Italiyaning turli klublaridan, shuningdek Germaniyaning «Union» va «Ayntraxt» jamoalaridan takliflar bo‘lgan, ammo u Yevropa ligalari vakillaridan hech biri bilan kelisha olmagan.

Avvalroq Hoselu Qatarda — «Al-G‘arafa» klubida ham to‘p surgan. U o‘tgan yozda ushbu klubni erkin agent sifatida tark etgan. Qatarga ketishidan oldin futbolchi Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan va 2024-yilda jamoa bilan Chempionlar ligasi hamda Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting