locale OZ

Horst Steffen — \"Werder\" bosh murabbiyi

Avvalroq bremenliklar Oli Vernerni iste'foga chiqargandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Horst Steffen — "Werder" bosh murabbiyi
Photo: Getty Images

Horst Steffen “Werder”ga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klubni avval Oli Verner boshqarib kelgan. Biroq tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani sababli u iste'foga chiqarilgan.

Steffen “Elversberg” klubini 2018 yildan beri boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda jamoa bilan Germaniya 2-divizionida 58 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egalladi. Bundesligaga yo‘llanmani hal qiluvchi pley-off bahsida “Heidenheim”ga mag‘lub bo‘lib, ligada qoldi.

“Werder” esa o‘tgan mavsumda Bundesligada 8-o‘rinni egalladi. Bremen klubi 51 ochko to‘pladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting