locale OZ

«Хorazm» - «Andijon». O’zaro o’yinlar tarixidan

“Xorazm” – “Andijon” bellashuvi soat 19:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Хorazm» - «Andijon». O’zaro o’yinlar tarixidan
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” jamoasi 11-turni Urganchda “Xorazm”ga qarshi o'tkazishidan xabaringiz bor.

O'tgan yili har ikkala o'yinda ham “Andijon” ushbu raqibini bir xil – 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Ushbu jamoalarning chempionatdagi statistikasiga to'xtaladigan bo'lsak, 18 marotaba maydonda to'qnash kelishgan. “Andijon”da 10, “Xorazm”da esa 4 ta g'alaba bor. Yana 4 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 37\19 “Andijon” foydasiga.

“Andijon” va “Xorazm” ishtirokidagi uchrashuvlar tarixidagi eng yirik hisob 2006 yilgi chempionatda kuzatilgan bo'lib, unda jamoamiz raqibini 7:1 hisobida tor-mor keltirgan.

4 may kuni bo'lib o'tadigan “Xorazm” – “Andijon” bellashuvi soat 19:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting