Honda Yaponiya terma jamoasini boshqarishga tayyorligini bildirdi
Yaponiya terma jamoasi va CSKAning sobiq yarim himoyachisi Keisuke Honda milliy jamoa bosh murabbiyi Hadzime Moriyasuning shartnomasini yana bir yilga uzaytirish ehtimoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Braziliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.
Honda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida milliy jamoa boshqaruvini o'z zimmasiga olishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
«Bu borada turli fikrlar bo'lishi mumkin, ammo men ham o'z munosabatimni bildirmoqchiman. Hadzime Moriyasuga shartnomani yana bir yilga uzaytirish taklif qilingani haqidagi xabarni ko'rdim. Agar bu munosib nomzod topilmagani uchun vaqtinchalik yechim bo'lsa, unda bir yilga meni sinab ko'ring.
Agar Osiyo Kubogida mag'lub bo'lsak, hech qanday bahonasiz meni ishdan bo'shating. Men bu chaqiriqni qabul qilishga tayyorman», — deb yozdi Keisuke Honda X ijtimoiy tarmog'ida.