locale OZ

Holandning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil ma’lum bo‘ldi

Norvegiyalik hujumchi «Man Siti»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holandning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand «Real» klubiga o‘tishni ko‘rib chiqmoqda. O‘z navbatida, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres 25 yoshli norvegiyalik futbolchini kelasi yozda tarkibga qo‘shishni orzu qilmoqda. Klub rahbari Holandning agenti bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Real» Holand transferida bir qator jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin:

Futbolchining «Manchester Siti» bilan 2034 yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnomasi bor.

Transfer amalga oshishi uchun Vinisius Junior Madrid klubini tark etishi kerak bo‘ladi.

Holandni sotib olish «Real»ga 500 million yevrodan ortiq mablag‘ga tushishi mumkin.

Joriy mavsumda norvegiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Holandning bozor qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting