Holand yana rekord o‘rnatdi: 60 ta gol uchun unga atigi 53 ta o‘yin kifoya qildi
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand yana bir tarixiy natijani qayd etdi. Kot-d'Ivuar darvozasiga kiritgan golidan so‘ng u milliy terma jamoa safidagi gollari sonini 60 taga yetkazdi.
E'tiborlisi, Holand ushbu marraga erishish uchun bor-yo‘g‘i 53 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bu esa uni xalqaro futbol tarixida 60 ta golga eng tez yetib borgan futbolchiga aylantirdi.
25 yoshli hujumchi ayni paytda Norvegiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning terma jamoadagi o‘rtacha natijasi har bir o‘yinga 1,13 golni tashkil etmoqda, bu zamonaviy futbol uchun noyob ko‘rsatkichdir.
Holandning Kot-d'Ivuar darvozasiga urgan goli Norvegiyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi va jamoani Jahon chempionatining keyingi bosqichiga olib chiqdi. Endi skandinaviyaliklar 1/8 finalda Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.