locale OZ

Holand «Real»ga o‘tishni istamayapti

25 yoshli futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand «Real»ga o‘tishni istamayapti
ФОТО: Getty images

Erling Holand hozircha «Real»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etganidan keyin norvegiyalik hujumchi boshqa klubga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq u madridliklar safiga qo‘shilishni istamayapti.

Buning asosiy sababi — «Real»da Kylian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar o‘ynayotgani hisoblanadi. Xabarda ta’kidlanishicha, Haaland mazkur ikki futbolchi bilan bir yechinish xonasini bo‘lishishni xohlamaydi.

2025/26 yilgi mavsumda «Manchester Siti» hujumchisi barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda qatnashib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting