locale OZ

Holand: \"Mavsum davomida muhim ochkolarni qo'ldan chiqardik, barqaror o'ynamadik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand: "Mavsum davomida muhim ochkolarni qo'ldan chiqardik, barqaror o'ynamadik"
Photo: Getty Images

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand mavsum borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, “Siti” yomon mavsum o‘tkazmagan.

“Biz Premyer-ligada ketma-ket 4 marta chempion bo‘ldik. Afsuski, 5-bor chempionlikni nishonlashni maqsad qilgandik, bu safar bunga erishilmadi. Ammo bu unchalik ham yomon natija emas. Ishonchim komilki, jamoamiz CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Mavsum davomida muhim ochkolarni qo‘ldan chiqardik, barqaror o‘ynamadik. Jarohatlar ham natijalarga ta’sir qildi. Keyingi mavsumda yana o‘z darajamizda o‘ynaymiz”, — dedi Holand.

Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” APLda 36 ta uchrashuvda 65 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting