locale OZ

Holand “Manchester Siti”dan ketsa, faqat ikki klub variantini ko‘rib chiqadi

Norvegiyalik futbolchi keyingi manzil sifatida faqat Madridning “Real” klubi yoki “Barselona” variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand “Manchester Siti”dan ketsa, faqat ikki klub variantini ko‘rib chiqadi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand klubni tark etadigan bo‘lsa, faoliyatini Angliyada davom ettirishni rejalashtirmayapti. Norvegiyalik futbolchi keyingi manzil sifatida faqat Madridning “Real” klubi yoki “Barselona” variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda TeamTalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Holand La Ligani faoliyatini davom ettirish uchun eng maqbul chempionat deb hisoblamoqda. Shu sabab u “Manchester Siti”dan ketishga qaror qilsa, Angliyaning boshqa klubiga o‘tishni istamaydi. “Real Madrid” va “Barselona” esa hujumchining asosiy ehtimoliy variantlari sifatida ko‘rsatilmoqda.

Holandning kelajagi “Manchester Siti”ning moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Klub jiddiy sanksiyalarga duch kelishi ehtimoli fonida bir qator yetakchi futbolchilarning kelajagi muhokama qilinmoqda. Shunga qaramay, Holandning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034-yil yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Erling Holand 2026/27 mavsumida “Manchester Siti” safida Premyer-ligada 5 ta uchrashuvda 5 ta gol, Chempionlar ligasida esa 1 ta o‘yinda 2 ta gol qayd etdi. Community Shield bahsini ham qo‘shib hisoblaganda, u joriy mavsumda klub safida 7 ta uchrashuvda 593 daqiqa maydonda harakat qilib, jami 7 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting