locale OZ

Holand «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Futbolchi “Manchester Siti”da baxtli
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Holand «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand faoliyatining hozirgi bosqichi va klub istiqbollari haqida fikr bildirdi.

“So‘nggi bir yil ichida ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Jamoada uzoq vaqtdan beri o‘ynab kelayotgan futbolchilar ko‘p, shuning uchun yangi kelganlarga vaqt kerak. Yangi ligaga, yangi mamlakatga kelish oson emas — moslashish uchun vaqt talab etiladi. O‘ylaymanki, bizni hayajonli davrlar kutmoqda va men ularning bir qismi bo‘lishni sabrsizlik bilan kutyapman.

Men juda baxtliman va bundan keyin nima bo‘lishini hayajon bilan kutyapman, chunki hozir “Siti” uchun klub sifatida ham, men uchun o‘yinchi sifatida ham haqiqatan ham hayajonli davr. Men “Siti” bilan hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutyapman”, — deya Holandning so‘zlarini keltiradi ESPN.

APLning 33-turidan so‘ng “Manchester Siti” 70 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Peshqadam “Arsenal”dan uch ochko ortda qolmoqda, biroq “shaharliklar”da yana bitta zaxira o‘yini bor. Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti” 16-may kuni “Chelsi”ga qarshi o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting