Holand gol urish boʻyicha joriy mavsum APLda eng yaxshi natijani qayd etmoqda
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasining 17-turi doirasida «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda (3:0) hisobni ochdi. Shu tariqa norvegiyalik forvard joriy mavsumda APLdagi 10-uchrashuvda jamoasining ilk golini muallifiga aylandi. Bu ko‘rsatkich Angliya chempionatida eng yaxshisi hisoblanadi, deya xabar beradi Opta Sport’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti.
Holand bundan avval ham «shaharliklar»ning ilk gollarini «Vulverhempton» (4:0), «Brayton» (1:2), «Arsenal» (1:1), «Brentford» (1:0), «Everton» (2:0), «Bornmut» (3:1), «Liverpul» (3:0), «Fulhem» (5:4) va «Kristal Pelas» (3:0)ga qarshi uchrashuvlarda kiritgan.
Qayd etilishicha, 2025/2026 mavsumida APLda birinchi golni besh martadan ko‘p urgan boshqa futbolchi yo‘q.
Joriy mavsumda 25 yoshli Erling Holand Angliya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.