Holand Chempionlar Ligasida rekord o‘rnatdi
Erling Rud van Nistelroyning rekordini yangiladi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand UEFA Chempionlar Ligasining 1-turida “Napoli” darvozasini ishg‘ol qilib, turnirdagi 50-golini urdi.
Norvegiyalik futbolchiga bu marrani zabt etish uchun 49 ta o‘yin kifoya bo‘ldi.
Shu tariqa, Holand musobaqa tarixida eng kam o‘yin sarflab 50 ta gol urgan futbolchilar orasida o‘ziga xos natija qayd etdi.
Avvalgi rekord niderlandiyalik Rud van Nistelroyga tegishli edi. U 50 ta gol urish uchun 62 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” “Napoli”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist