locale OZ

Holand — APLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi

Gvardiola murabbiylar orasida yetakchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Haaland — APLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi
ФОТО: Getty images

L'Équipe nashri Angliya Premer-ligasidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar va murabbiylar reytingini e'lon qildi.

Nashr bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Erling Holand chempionatda eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchi hisoblanadi. Uning oylik ish haqi 2 mln 630 ming yevroni tashkil etadi.

Top-5dan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:

1. Erling Holand (“Manchester Siti”) — 2 630 000 yevro
2. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 2 000 000 yevro
3. Kazemiro (“Manchester Yunayted”) — 1 750 000 yevro
4. Virjil van Deyk (“Liverpul”) — 1 750 000 yevro
5. Bruno Fernandesh (“Manchester Yunayted”) va Bukayo Saka (“Arsenal”) — 1 500 000 yevro.

Murabbiylar orasida esa Pep Gvardiola yetakchilik qilmoqda — uning oylik maoshi 1 920 000 yevroni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Mikel Arteta («Arsenal») — 1 250 000 yevro va Unai Emeri («Aston Villa») — 770 000 yevro bilan joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting