Hojiakbar Alijonov «Paxtakor» bilan shartnomani uzaytirdi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Пахтакор ПФК
"Paxtakor" jamoasi o‘z tarbiyalanuvchisi va asosiy tarkibning muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Hojiakbar Alijonov bilan hamkorlikni davom ettiradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Toshkent klubi bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Sherlar" o‘ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov bilan kelishuvni 2027 yil oxirigacha uzaytirishdi. 2018 yildan buyon asosiy jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchining ko‘rsatkichlari tahsinga loyiq:
Superliga statistikasi: 166 ta o‘yin va 8 ta gol.
Umumiy ishtirok: Barcha musobaqalarda 234 ta uchrashuv va 11 ta gol.
Yutuqlari: 5 karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi, 2 karra Superkubok va bir bor Liga Kubogi g‘olibi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist