locale OZ

Hin jarohati sababli JCH–2026ning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi

Futbolchi Yaponiya bilan bahsda jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hin jarohati sababli JCH–2026ning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi
ФОТО: Getty images

“Atalanta” va Shvetsiya milliy terma jamoasi himoyachisi Isak Hin jarohati tufayli Jahon chempionati–2026dagi ishtirokini muddatidan oldin yakunlagani haqida bayonot berdi.

Futbolchi jarohatni guruh bosqichining 3-turida Yaponiya bilan bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda olgan edi.

“Orzuim ushaldi, ammo afsuski, men uchun u kutganimdan erta tugadi. Birinchi kundanoq bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha shved muxlislariga rahmat — sizlar ajoyibsizlar. Jamoa do‘stlarim va terma jamoadagi barcha murabbiylarga, futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi tajriba uchun cheksiz minnatdorchilik bildiraman.

Quvonchli va og‘ir damlarda doimo yonimda bo‘lgan oilam va yaqin do‘stlarimga minnatdorchiligimni so‘z bilan ifoda etish qiyin. Oldinga, Shvetsiya! Men albatta qaytaman”, — deb yozdi Hin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya milliy terma jamoasi 1 iyul kuni Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting