Heysen yaqin 24 soat ichida “Real”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Photo: Getty Images
“Bornmut” himoyachisi Din Heysen yaqin 24 soat ichida “Real”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Heysen shartnomani tezroq imzolashni istamoqda. Shundan so‘ng “Bornmut”ning qolgan ikki uchrashuvida maydonga tushib, jamoaga Yevrokuboklarga yo‘llanma olishi uchun yordam bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “olchalar” APL turnir jadvalida 53 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist