locale OZ

Henderson jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi va JCh-2026da boshqa maydonga tushmaydi

Bosh murabbiy Tomas Tuxel futbolchining jarohati jiddiy ekanini tasdiqlab, bu jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘lganini ta’kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Henderson jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi va JCh-2026da boshqa maydonga tushmaydi
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Henderson 2026-yilgi Jahon chempionatining qolgan uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

36 yoshli futbolchi Meksikaga qarshi 1/8 final uchrashuvidan (3:2) keyingi tantanalar vaqtida jiddiy jarohat oldi. Xenderson muxlislar tomon o‘tish uchun reklama to‘siqlaridan oshayotganida yiqilib, bilagidan og‘ir jarohat olgan. Unga maydonning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilib, kislorod berilgan va shifoxonaga olib ketilgan.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchiga jarrohlik amaliyoti zarurligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli Henderson Jahon chempionatidagi ishtirokini muddatidan avval yakunlaydi va Angliya terma jamoasiga qolgan o‘yinlarda yordam bera olmaydi.

Bosh murabbiy Tomas Tuxel futbolchining jarohati jiddiy ekanini tasdiqlab, bu jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘lganini ta’kidladi. Angliya chorak finalda Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting