Henderson 'Ajax'ni tark etdi
Photo: Getty Images
Angliyalik 35 yoshli yarim himoyachi Jordan Henderson “Ajax”ni tark etdi. Bu haqda Niderlandiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi va klub o‘zaro kelishuv asosida shartnoma muddatidan oldin bekor qilishgan. Hendersonning klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangandi.
Jordan 2024 yilning yanvaridan beri “Ajax” safida to‘p surib keladi. O‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Endilikda Henderson APLga qaytishi kutilmoqda. Unga “Sanderlend” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor