Xayr "Real", xayr Anchelotti. "Arsenal" keyingi bosqichda!


Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvlarining navbatdagisi bo'lib o'tdi. Unda “Real Madrid” o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi.

Dastlabgi o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozongan londonliklar bu safar ham natija uchun kurash qila oldi. 10 daqiqada hakam “Real” darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik zarbaga yaqinlashgan Saka imkoniyatdan foydalana olmadi.

Kurtua qahramonlik ko'rsatib, topni qaytardi. 27 daqiqada endi hakam “Arsenal” darvozasi tomon penalti belgiladi. Lekin, VAR tekshirganidan so'ng, penalti bekor qilindi. Birinchi bo'lim 0:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo'limning 65 daqiqasida “to'pchilar”ning penaltidan foydalana olmagan futbolchisi Saka barbir maqsadiga yetdi, 0:1. “Madrid” oradan ikki daqiqa o'tib hisobni tenglashtira oldi. Vinusus himoyachining xatosidan unumli foydalandi, 1:1. Uchrashuvga qo'shib berilgan 5 daqiqaning 3 sida “Arsenal” futbolchisi Martineli gol urib, “to'pchilar”ning g'alabasini kafolatladi

shu tariqa “Arsenal” ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:1 hisobidagi g'alaba bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti katta ehtimol bilan ushbu mag'lubiyatdan keyin istefoga chiqariladi. Ispan klubi uchun chempionlar ligasi yakunlandi. Xayr “Real”, xayr Anchelotti, “Arsenal” esa keyingi bosqichda.


Futbol
Bugun da 13:45


Futbol
Bugun da 13:05