Hayntse “Arsenal” murabbiylar shtabiga qo‘shildi
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gabriel Hayntse “Arsenal” murabbiylar shtabiga qo‘shildi.
Argentinalik 47 yoshli mutaxassis londonliklar bosh murabbiyi Mikel Artetaga assistentlik qiladi. Artetaning avvalgi yordamchisi esa “Parma” bosh murabbiyiga aylangandi.
Argentinalik va ispaniyalik mutaxassislar bir-birlariga begona emas. Ular o‘z vaqtida “PSJ” libosida birga o‘ynashgan.
47 yoshli Hayntse faoliyatini yakunlaganidan so‘ng “Arxentinos Xuniors”, “Veles Sarsfild”, “Atlanta” va boshqa klublarni boshqargan. U 2023 yildan beri ishsiz edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor