locale OZ

Havertz kutilganidan tezroq safga qaytmoqda

Germaniyalik forvard APLning birinchi turida "Manchester United"ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Havertz kutilganidan tezroq safga qaytmoqda
ФОТО: Getty images

"Arsenal" klubi hujumchisi Kai Havertz kutilganidan oldinroq safga qaytishi mumkin. Bu haqda HandofArsenal nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, klub vakillari 26 yoshli futbolchining tiklanish jarayoniga bo'lgan munosabatidan hayratda qolgan.

Tez kunlarda Kai jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Futbolchi hozirda tiklanishning so'nggi bosqichidan o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik forvard APLning birinchi turida "Manchester United"ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi.

Arteta shogirdlari bu turda "Fulham" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o'rtasidagi bellashuv 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30'da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting