Hau «Nyukasl»da qoladi – The Athletic
“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Hau joriy mavsum yakunlanganidan so'ng o'z lavozimida ishlashni davom ettiradi.
Agar kutilmagan o‘zgarishlar ro‘y bermasa, 48 yoshli mutaxassis jamoani 2026/2027-yilgi mavsumda boshqaradi. Hau “Sent-Jeyms Park”da qolish istagini bildirgan va klub egalari hamda rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda, deb xabar beradi The Athletic.
Hauni saqlab qolish to‘g‘risidagi qaror shu hafta “Nyukasl”ning majoritar egasi bo‘lgan Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi (PIF)dan kelgan 25 kishilik delegatsiya ishtirokida o‘tgan muzokaralardan so‘ng qabul qilindi. Barcha tomonlar joriy mavsum kutilgan natijalarni bermagani va uning natijalarini yaxshilash kerakligi borasida yakdil fikrga kelishdi. Biroq muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi va bosh murabbiyning kelajagi borasida yakdil fikrga kelindi.
Ayni paytda “Nyukasl” 35 ta o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda APLda 13-o‘rinni egallab turibdi.