locale OZ

Hau «MYU»ni boshqarishi mumkin

Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Hau «MYU»ni boshqarishi mumkin
Фото: Getty Images

«Nyukasl» sobiq bosh murabbiyi Eddi Hau «Manchester Yunayted»ning yangi murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agar klub Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishga qaror qilsa, Hau «Manchester Yunayted»ni boshqarish taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.

Hozircha «qizil iblislar» bosh murabbiyni vazifasidan ozod qilishni rejalashtirmayapti. Lekin shunday holat yuz bersa, klub uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganmoqda.

Ta’kidlanishicha, Hau yozda «Nyukasl»ni tark etganidan keyin murabbiylik faoliyatida tanaffus olishga qaror qilgan. Biroq manchesterliklardan tushadigan taklif uni yana ishga qaytishga undashi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting