Hasanovning supergolini ko'rdingizmi, sizga ham el-klassikodagi o'sha mashhur golni eslatib yubordimi?
Saudiya Arabistoni davlatida davom etayotgan Osiyo kubogi U17ning yarim fial uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston U17 terma jamoasi Shimoliy Koreyalik tengqurlarini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini naqd qildi.

Vakillarimiz tomonidan bir-biridan chiroyli tarzda kiritilgan gollarni butun Osiyo bo'ylab e'tirof etilmoqda. Ayniqsa, uchrashuvning 31 daqiqasida terma jamoamizning 7 raqamli futbolchisi Sadriddin Hasanov raqib darvozasiga supergol kiritgani barchasidan o'zgacha bo'ldi. OFK ham bunday golni faqatgina Sadriddin Hasanov ijro eta oladi deb post qoldirdi.
https://x.com/afcasiancup/status/1912951693429387715
Raqib jarima maydonchasi ichida terma jamoamizning 10 raqamli futbolchisi Xabibullayev to'pni chiroyli tarzda Sadriddinga uzatib berdi. Hasanov esa topni bir urinishda ohista to'xtatib, tezlik bilan ikkinchisida raqibni ajoyib tarzda chalg'ita oldi va darvozaning yuqori o'ng burchagi tomonga kuchli zarba berdi. Darvozabon to'pni qaytarishga harchand urinmasin, buni uddasidan chiqa olmadi, chunki to'p shu darajada ideal va mukammal yo'llangan edi-ki, qaytarishning aslo iloji yo'q edi. Tasavvur qilish uchun Hasanov El-klassikodagi David Vilyaning "Real" darvozasiga kiritgan o'sha mashhur goliga o'xshab ketdi
